Xolmo‘minov Bozorbek Abdurayimovich

Театр: Муқимий номидаги Ўзбекистон давлат мусиқали театри

Xolmo‘minov Bozorbek Abdurayimovich 1981-yil 21-sentabrda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Mukofotlanmagan. Oliy ma'lumot. 2008 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. 2006 yildan buyon shu teatrda ishlab kelmoqda. Bozorbek Xolmo‘minov teatrdagi faoliyati davomida repertuardagi qator spektakllarda turli obrazlar yaratib, tomoshabinlar e’tiboriga tushgan san’atkorlardan biridir. Bozorbek Xolmo‘minov “Olding, aziz ilding”, “Toptalgan tuygu”da Edik, “Qopqon”da Anvar, “Jaydari kelin”da Avazbek, “Bu chollar, yomon chollar”da Zoir, “Honuma”da Knyaz, “Antik ovchilar” Erkin kabi bosh rollarni ijro etgan. Xususan, uning “Qopqon” spektaklidagi Anvar obrazi boy ichki kechinmalari, murakkab hayot yo‘lini ishonchli tasvirlagani bilan ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Aktyor “Otalar so‘zi-aklining zizi” seriali, “Ziya” studiyasi, “Sport xonalari” va “Shirin nayrang”, “Oltin dahiim”, “G‘urur” seriallarida ham bir qator qahramon rollarini ijro etgan.