Ma'suda Otajonova
Театр: Ўзбекистон давлат мусиқали комедия (оперетта) театри
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Ma'suda Otajonova 1961 yilning 7-yanvar sanasida Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug'ilgan. Ushbu aktrisa 1985 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohini musiqali drama va komediya fakultetini tamomlagan. Aktrisa aynan shu yili Muqumiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatrida o'z faoliyatini boshlagan. Ma'suda Otajonova ushbu teatrdagi faoliyati davomida hozirgacha 50 dan oshiq spektakllarda ishtirok etgan bo'lib, ular orasida "Dilafruzga to'rt oshiq" , "Oyonam-qaynonam", "Super qaynona" va "Super qaynona-2" kabi spektakllardagi obrazlari bilan tomoshabinlarning e'tiboriga tushgan. Qahramonimiz kinoga "Otalar so'zi-aqlning ko'zi" ko'rsatuvidagi ishtiroki bilan kirib kelgan. U bugungacha "Mehrigiyo", "Sevgi farishtasi", "Yagona yulduz" filmlarida, hamda "Chorrahadagi uy", "Opa-singillar", "Tutash taqdirlar" va "Zurriyod" kabi bizga tanish seriallarda, katta kichik obrazlarni talqin etgan. Ma'suda Otajonova, o'zining san'at sohasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun, 2017 yilda "Mexnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan. Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Ma'suda Otajonova 1986 yilda ko'pchiligimizga tanish aktyor Ma'ruf Otajonovga turmushga chiqqan. Bu san'atkorlar hayotlari davomida bir o'g'il va bir qiz farzandli bo'lishgan. Aktrisa o'z farzandlari bilan birga marhum singlisining qizini ham boqib katta qilgan.